
- 8
- 31.10.2024 18:07:00
- 1 daq o'qish
29-oktabr kuni Surxondaryoning Denov tumanida 11-sinf qiz 6-qavatdan qulab vafot etdi. Hodisa tafsilotlari hozircha noma’lum.
“Hodisa paytida profilaktika inspektori mahalla binosida edi va shovqinni eshitgan. Halok bo‘lgan qiz oilaning katta farzandi bo‘lib, undan kegin uch nafar ukalari bor. Maktab va mahallada uni namunali o‘quvchi deb hisoblashgan, oilada ham hech qanday janjallar bo‘lmagan,” – dedi mahalla raisi. Ta’kidlanishicha, oila yangi uyga 2023-yil boshida ko‘chib kelgan. Holat yuzasidan dastlabki tergov tekshiruvi olib borilmoqda.