
- 4
- 24.01.2025 11:58:00
- 1 daq o'qish
Amerikalik jurnalist Kendis Ouens Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Brijitning erkak jinsida tug‘ilgani haqidagi dalillarni e’lon qilishga vada berdi. Jurnalist Brijit Makron hech qachon mavjud bo‘lmaganini isbotlovchi dalillarni 30-yanvar kuni isbotlamoqchi. U Makronlar oilasining advokatlari uni ta’qib qilayotganini ma’lum qilgan, biroq “AQSH Yevropa emasligini, va u yerda so‘z erkinligi bor”ligini, fransuz advokatlari “uning og‘zini yopa olmasligini” ta’kidlagan. Ouens Brijit Makronning rafqasi erkak ekanini aytib jazolangan fransiyalik jurnalist Natasha Rey bilan suxbat o‘tkazgan. Rey 2021-yilda YouTube platformasidagi videoda Makronning maktab o‘qituvchisi bo‘lgan va undan 24 yosh katta Brijit aslida Jan-Mishel ismli erkak sifatida tug‘ilganini ma’lum qilgan. Bu video tez orada virusga aylanib, OAVda, jumladan AQSHda ham keng tarqalgan.
2024-yil sentabr oyida Parij sudi Brijit Makron erkak bo‘lib tug‘ilganini da’vo qilgan ikki ayolni, shu jumladan Natasha Reyni ham tuhmat uchun 13,5 ming yevro jarimaga hukm qilgan.