
- 6
- 18.07.2024 17:27:00
- 1 daq o'qish
Tez yordam mashinalariga farqlovchi seriyali davlat raqami beriladi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tez tibbiy yordam mashinalariga ularni farqlovchi maxsus I-2 tip - STY seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari beriladi.
IE-2 - STY seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari tez tibbiy yordam elektromobillariga va gibrid avtomobillariga beriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda bo‘ladi.