🥔+🧀= ajoyib ta'm🤗

🥔+🧀= ajoyib ta'm🤗
  • 10
  • 10.10.2026 18:29:00
  • 1 daq o'qish

Masalliqlar:
3 dona kartoshka
1 dona tuxum sarig‘i
7 osh qoshiq makkajo‘xori kraxmali
biroz tuz va qizil qalampir kukuni
100 gr pishloq

Usti uchun:
1 dona tuxum
non talqoni

Tayyorlanishi:
Kartoshkalarni qaynatib, suvini to‘kib tashlang va ezib oling. Tuxum sarig‘i, kraxmal va ziravorlarni qo‘shib, yaxshilab aralashtirib, xamir holiga keltiring. Massadan kichik bo‘laklar olib, yoying. O‘rtasiga pishloq solib, chetlarini yopib, dumaloq shaklga keltiring. Avval tuxumga, keyin non talqoniga botirib oling. Qizigan yog‘da tashqi qismi chiroyli qizarib pishguncha qovuring. Issiq holda dasturxonga tortishni unutmang.

Yoqimli ishtaha 🧡

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News