
- 7
- 23.02.2024 13:41:00
- 1 daq o'qish
Dani Alvesning jazosi bundan ham qattiqroq bo‘lishi mumkin edi. Ma’lum bo‘lishicha, Neymarning oilasi unga katta yordam bergan. Dani zo‘rlash ayblovi bilan 4,5 yil qamoq jazosiga mahkum etildi. Vaholanki, prokurotura unga 9 yil, xususiy ayblov esa 12 yil talab qilgan. Jazo esa 150 ming yevro evaziga almashtirilgan va Neymarning oilasi jabrlanuvchiga ma’naviy tovon sifatida to‘lagan. Bu summa “yetkazilgan zararni yumshatish”ga xizmat qilgan. Shu tariqa, Neymarning oilasi Daniga advokat ham bergan. Haqiqiy do‘st sizni qiyinchilikda qoldirmaydi!