
- 13
- 26.09.2025 12:58:00
- 1 daq o'qish
Toshkent shahrida 23–26-sentabr kunlari CAEx kompleksida ICT Week Uzbekistan – 2025” — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi o‘tkazildi.
25-sentabr kuni haftalikning uchinchi kunida AloqaVentures venchur fondi 5 ta innovatsion startap loyihalariga jami 750,000 AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Eng ko‘p investitsiyani $250 000 ni EGaranti — ishlab chiqaruvchilarga ularning mahsulotlarini xarid qilgan iste’molchilar o’rtasidagi xariddan keyingi munosobatlarni raqamlashtirish imkoniyatini beruvchi startap loyihasi oldi.
CASIA.UZ ham ushbu taqdirlash marosimida qatnashib, EGaranti startapi mutasaddilariga mikrofon tutdi.