
- 4
- 26.10.2024 17:26:00
- 1 daq o'qish
26-oktabr kuni tunda Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirilgan. Suiqasd tungi soat 1:30 lar atrofida Allamjonovning Qibray tumanidagi uyi yaqinida sodir bo‘lgan.
Ikki noma’lum shaxs u o‘tirgan mashinaga bir necha bor o‘q uzib, hodisa joyidan yashiringan. Komil Allamjonovga zarar yetmagan.
Eslatib o‘tamiz, Komil Allamjonov joriy yil 30-sentabr kuni Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari lavozimidan ozod etilgandi. Keyinroq u faoliyatini xususiy sektorda davom ettirishini ma’lum qilgandi.