Vazirlarning barchasi o‘z lavozimida qoldi

Vazirlarning barchasi o‘z lavozimida qoldi
  • 4
  • 22.11.2024 15:56:00
  • 2 daq o'qish

Bugun, 21-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Hukumat a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqdilar.
Prezident taqdimiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga ko‘rsatilgan 24 nafar nomzod birma-bir ko‘rib chiqilib, ma'qullandi.
Xususan:

Ochilboy Ramatov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga;

Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga;

Jamshid Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga;

Zulayho Mahkamova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga;

Laziz Qudratov O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga;

Botir Zohidov O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga;

Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga;

Shavkat Hamroyev O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri lavozimiga;

Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri lavozimiga;

Ilhom Mahkamov O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri lavozimiga;

Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimiga;

Bobur Islomov O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri lavozimiga;

Sherzod Shermatov O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga;

Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri  lavozimiga;

Asilbek Xudayarov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga;

Hilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga;

Kongratbay Sharipov O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri  lavozimiga;

Adxam Ikromov O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri lavozimiga;

Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri lavozimiga;

Akbar Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga;

Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimiga;

Abdulla Qo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga;

Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga;

Bahodir Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimiga ma’qullandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News