Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari ishdan olindi

Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari ishdan olindi
  • 0
  • 16.06.2025 12:11:00
  • 1 daq o'qish

 

Prezident topshirig‘i bilan Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari ishdan bo‘shatiladi. Endi bu tizimga fidoyi, masalani joyida hal qila oladigan kadrlar jalb etiladi.
Prezident boshchiligidagi videoselektor yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Xalq qabulxonalari asl vazifasi — aholining muammolarini hal qilish o‘rniga, oddiy “dispetcher”ga aylangan. 2024-yilda yuborilgan murojaatlarning 55 foizi hal etilmagan. Eng ko‘p shikoyatlar huquq-tartibot organlari, sudlar, hokimliklar, ta’lim va ekologiya sohalariga tegishli bo‘lgan.Mingga yaqin murojaatlarda prezidentning shaxsiy qabuli so‘ralgan. 
Endi Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimlari rahbarlik qiladi. Hokimlar ish kunini aynan shu yerda aholi murojaatlarini eshitishdan boshlaydi. Murojaatlar boshqa idoralarga yuborilmay, shu joyning o‘zida hal etiladi. Hokimlarga qo‘shimcha vakolat va resurslar beriladi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News