
- 6
- 14.09.2023 10:42:00
- 1 daq o'qish
2020-yildan buyon O‘zbekiston Bolalar ombudsmani lavozimida ishlab kelayotgan Aliya Yunusova faoliyatini to‘xtatayotganini ma’lum qildi.
“Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, men bolalar huquqlari bo‘yicha vakil sifatidagi faoliyatimni to‘xtatayotganimni ma’lum qilaman” deb yozgan Yunusova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Shuningdek, u Prezident Shavkat Mirziyoyevga bola huquq va manfaatlarini ta’minlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratayotgani uchun minnatdorchilik bildirgan.
“Bolalar huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning xalqaro standartlarga javob beradigan kuchli tizimini shakllantirishda biz bilan hamkorlik qilgan, qo‘llab-quvvatlagan, hissa qo‘shgan, ishongan va ishlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman.
Ayniqsa, UNICEFning O‘zbekistondagi bolalar jamg‘armasi rahbari janob Munir Mammadzade va uning jamoasiga bolalar manfaatlari yo‘lidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagani va ilgari surayotgani uchun alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman” - degan Aliya Yunusova.
Manba: uzreport.news