
- 18
- 23.09.2025 16:19:00
- 1 daq o'qish
“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov pedagoglarga ham uchuvchilar va maxsus xizmat xodimlari kabi mehnat sharoitidan kelib chiqib ertaroq nafaqa berilishi lozimligini ta’kidladi. Uning aytishicha, 50 nafar bolani sinfda boshqarayotgan o‘qituvchi uch yil ishlasa ham 30 yilga teng ruhiy va jismoniy yuk oladi. Shu bois, pedagoglarga 50 yoshdan pensiya tayinlash zarurligini ilgari surdi.