
- 1
- 22.10.2026 11:21:00
- 1 daq o'qish
Alisher Ismatovich Ko‘chiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘chiyev 2024-yil oktabridan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankida (AIIB) investitsiya tahlilchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2022–2024-yillarda esa Uzbekistan Direct Investment Fund’da investitsiya tahlilchisi, investitsiya menejeri va investitsiya direktori lavozimlarida ishlagan.