
- 3
- 13.05.2023 10:45:00
- 1 daq o'qish
«Milliy tiklanish» partiyasi O‘zLiDeP bilan birgalikda prezident – Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Bugun, 13 may kuni «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tdi.
Plenum qatnashchilari Shavkat Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan birgalikda qo‘llab-quvvatlash lozim, degan xulosaga kelishdi.
Plenumda muddatidan ilgari prezidentlik saylovlarida Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini ilgari surish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.