Alisher Qodirov uni haqoratlaganlarni jazolamoqchi

Alisher Qodirov uni haqoratlaganlarni jazolamoqchi
  • 3
  • 31.01.2025 12:42:00
  • 1 daq o'qish

⚡️ “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov 23-yanvar kuni elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirib, gaz o‘rniga elektr energiyasi ishlatishni o‘rganish kerakligini va “gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmasligi”ni aytgani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Alisher Qodirovni bu fikrlar uchun haqoratlab izohlar yozmoqda. Shu sababli Qodirov uni haqorat qilganlarni jazolamoqchiligini ma’lum qildi. 

“Intizomsizga marhamat qilib jamiyatda nizomni beqadr qilayotganimizni tushundik. Erkin jamiyat milliy taraqqiyotning o‘zagidir. Erkinlik — farosati borlar uchun imkoniyat, farosati yo‘q notavonlar uchun zahmat olib keladi.
Tanqidlarga ochiqmiz, muloqot va muhokama vazifamiz, lekin ommaviy chiqishlarda haqorat ishlatadigan farosatida nuqsonlilarni jazolash orqali jamiyatni o‘zgarishiga hissa qo‘shmoqchimiz”, deb yozdi Alisher Qodirov. 

❗️ Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga ko‘ra, haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (7,5 million so‘mdan 15 million so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News