Ali Niyazimbetov Murod Yoʻldoshevni sudga berdi

  • 0
  • 06.05.2025 12:15:00
  • 1 daq o'qish

Manzura tomonidan Murod Yo‘ldoshev bilan qayta kuylangan  “Azizam” qo‘shig‘i mualliflik huquqi bo‘yicha mojaro keltirib chiqardi. Aslida ushbu qo‘shiq ilk bor 2004-yilda Manzura va Ali Niyazimbetov tomonidan ijro etilgan va “Muhabbat sinovlari” filmiga rasmiy saundtrek sifatida ishlatilgan edi. 

Yaqinda Manzura qo‘shiqning yangi versiyasini Murod Yo‘ldoshev bilan ijro etgan edi. Bu holat Ali Niyazimbetovning noroziligiga sabab bo‘ldi. Uning ta’kidlashicha, u yangi duet haqida ogohlantirilmagan va shu bois Murod Yo‘ldoshevni mualliflik huquqini buzganlikda ayblab sudga murojaat qilgan.

Ular oʻrtasida mualliflik huquqi aslida kimga tegishli ekanligi boʻyicha bahs va munozaralar yuzaga kelmoqda. 

Hozirda mojaro sudda koʻrib chiqilmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News