
- 0
- 19.09.2025 13:52:00
- 1 daq o'qish
Albaniya hukumati tayinlagan sun’iy intellekt vaziri – bot Diella parlamentda ilk bor uch daqiqalik nutq so‘zladi. Ekranda milliy alban libosidagi ayol qiyofasida paydo bo‘lgan Diella deputatlarga konstitutsiya qoidalarini eslatib, o‘zini tanishtirdi. U “xizmat qilishda xromosoma yoki qon emas, balki mas’uliyat va shaffoflik muhim” ekanini aytib, odamlarni almashtirish emas, balki ularga yordam berishni vazifa sifatida ko‘rsatdi. Diella o‘tgan hafta bosh vazir Edi Rama tomonidan tanishtirilgan edi. U davlat xaridlari uchun javob beradi va bu sohani bosqichma-bosqich sun’iy intellekt nazoratiga o‘tkazish rejalashtirilgan.