Albaniya sun’iy intellektni vazir qilib tayinladi

Albaniya sun’iy intellektni vazir qilib tayinladi
  • 0
  • 13.09.2025 08:01:00
  • 1 daq o'qish

Albaniya hukumati “Diella” nomli sun’iy intellektni davlat xaridlarini nazorat qiluvchi virtual vazir sifatida ishga tushirdi. Bosh vazir Edi Ramaning so‘zlariga ko‘ra, Diella tender qarorlarini o‘zi qabul qiladi va xarid jarayonlarini shaffof qilishga xizmat qiladi.
Sun’iy intellekt jismonan mavjud emas, u e-Albania platformasi orqali fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Albaniya uzoq yillardan beri davlat xaridlaridagi korrupsiya bilan kurashmoqda, Diella esa bu sohada shaffoflikni oshirish va mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish maqsadiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News