🛫Hindistonda “Air India” samolyoti halokatga uchradi

  • 0
  • 12.06.2025 15:12:00
  • 1 daq o'qish

 

12-iyun kuni Hindistonning Ahmedabad shahridagi aeroportda “Air India” aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. 

Samolyot Buyuk Britaniyaning Birmingem shahriga yo‘l olgan bo‘lib, hodisa u havoga ko‘tarilayotgan paytda yuz bergani aytilmoqda. Voqea joyidan olingan lavhalarda qora tutun osmonga ko‘tarilayotgani, samolyot parchalari yong‘in ichida qolganini ko‘rish mumkin.

Ayni paytda halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Bortda 100 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgani bildirilmoqda. Mahalliy OAVda tarqalgan tasvirlarda jabrlanganlar zambilda olib chiqilayotgani va tez yordam mashinalariga joylashtirilayotgani aks etgan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News