“Barselona”ni sudga bergan Aguero

“Barselona”ni sudga bergan Aguero
  • 7
  • 09.10.2024 09:37:00
  • 1 daq o'qish

Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Serxiyo Aguero “Barselona” klubi unga bir mavsum uchun maoshini to‘lab berishi kerak deb hisoblamoqda. 2021-yil yozida Aguero shartnomasi yakuniga yetgani uchun “Manchester Siti”ni tark etib, kataloniyaliklar safiga o‘tgan edi va 2 yillik shartnoma imzolagandi. U  “Barselona”da 1 mavsum o‘ynab, 2-mavsum yarmida faoliyatini yakunlagan edi. Aguero ikkinchi mavsum uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan pullardan voz kechgan va birinchi mavsum uchun pullar to‘lab berilishi kutmoqda.

Futbolchi “ko‘k-anorranglilar” safida 5 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golga mualliflik qilgan. Hozircha sud jarayoni boshlanmagan, Aguero esa bu masalani ortiqcha shovqinlarsiz hal qilmoqchi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News