HAMAS va Isroil 100 nafar asirlarni almashishga kelishib olishdi

HAMAS va Isroil 100 nafar asirlarni almashishga kelishib olishdi
  • 7
  • 11.11.2023 07:29:00
  • 1 daq o'qish

Isroil va HAMAS vanihoyat asirlar bo‘yicha bir to‘xtamga kelishdi. Bitimga muvofiq Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik ayollar va o‘smirlarni HAMAS tomonidan garovga olingan 100 nafar ayol va bolalarga almashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar. Bu haqda Al Hadath telekanali xabar berdi. Ammo hali kelishuvning amalga oshish vaqti va joyi aniqlamadi.
Hozirda HAMAS tomonidan bir guruh xorij fuqarolari, isroilliklar hamda Isroil harbiy xizmatchilari garovga olingan. Isroil qamoqxonalarida esa 6 mingga yaqin falastinlik ayollar va bolalar saqlanmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News