Toshkentda hovuzdagi baliqni ushlab, ayolni haqorat qilgan yigitga chora ko‘rildi

Toshkentda hovuzdagi baliqni ushlab, ayolni haqorat qilgan yigitga chora ko‘rildi
  • 0
  • 26.06.2025 14:28:00
  • 1 daq o'qish

 

Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigitning istirohat bog‘idagi hovuzdan baliqni qo‘li bilan ushlab olgani va bunga e’tiroz bildirgan ayolni haqorat qilgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
IIBB ma’lumotiga ko‘ra, holat joriy yil 23-iyun kuni, soat 22:00 larda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi istirohat bog‘laridan birida sodir bo‘lgan.
2003-yilda tug‘ilgan M.Sh. hovuzdagi baliqni qo‘li bilan ushlagan, bunga 2000-yilda tug‘ilgan D.A. e’tiroz bildirgan va baliqni suvga qaytarishni so‘ragan. Biroq M.Sh. ayolga nisbatan uyatsiz so‘zlar ishlatgan.
Holat yuzasidan yigitga nisbatan MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) asosida bayonnoma tuzilib, ish sudga yuborilgan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News