
- 0
- 22.07.2026 12:01:00
- 1 daq o'qish
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida BYD avtomobili va Yandex xizmatida ishlovchi skuter ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisadan so‘ng avtomobil haydovchisi jahl ustida kuryerga tarsaki tushirgan.
Haydovchining aytishicha, u yashil chiroqda burilayotgan paytda skuter qizil chiroqda harakatlanib, avtomobilning orqa qismiga urilgan. Avtomobil o‘ziga tegishli bo‘lmagani sababli asabiylashib, kuryerni urganini bildirgan. U kuryer va jamoatchilikdan uzr so‘ragan.
Holat yuzasidan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi uchun ish tuman sudiga yuborilgan.