Gretsiyada 43°C issiq havo tufayli Akropol va maktablar yopildi

Gretsiyada 43°C issiq havo tufayli Akropol va maktablar yopildi
  • 6
  • 13.06.2024 14:35:00
  • 1 daq o'qish

Gretsiya iqlim inqirozidan eng ko'p zarar ko'rgan Yevropa davlatlaridan biridir. Mamlakat yozning birinchi jaziramasidanoq Akropol yodgorligi, maktablar va  bolalar bog'chalari ikki kunga yopdi.

O'rta yer dengizi bo'yidagi mamlakatning ba'zi hududlarida havo harorati 43 daraja bo'lishi kutilmoqda.

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, issiqlik eng halokatli tabiiy xavflardan biridir. 2022-yilda Yevropada rekord darajadagi yozgi jaziramada 61 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News