
- 2
- 19.07.2025 14:05:00
- 1 daq o'qish
Prezident farmoyishiga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilida kunduzgi bakalavriat uchun 35 500 ta, magistratura uchun 9 922 ta davlat granti ajratiladi. Bu o‘tgan yilgidan ko‘proq.
Kelgusi yillarda ham grantlar bosqichma-bosqich oshadi. Shuningdek, xorijiy va nodavlat OTMlar uchun 1 320 ta, chet eldagi o‘zbekistonlik yoshlarga 30 ta, xotin-qizlar uchun 4 000 ta grant ajratilgan.
Grantlar hududlar va sohalar ehtiyojidan kelib chiqib taqsimlanadi. Imtiyozli abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ham beriladi. Endilikda grantlar har yili yuqori baho olgan talabalar o‘rtasida qayta taqsimlanadi.