
- 12
- 24.09.2024 08:47:00
- 1 daq o'qish
Endilikda har bir qurilayotgan obyekt oldida QR-kodli pasporti chiqarib qo‘yiladi. Bu orqali istalgan odam hududda qanday obyekt qurilayotgani, qachon ruxsat olingani, kim qurishi, qachon ishga tushishi kabi ma’lumotlar olishi mumkin bo‘ladi. Agar QR-kodli pasport bo‘lmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi.
Bundan tashqari, davlat hisobidan qurilayotgan har bir obyektga toifasiga qarab kamida 2tadan videokamera o‘rnatiladi. Ular operatorlar shtabiga ma’lumotlarni onlayn yuboradi. Shuningdek, noqonuniy qurilishlar bo‘yicha mahalla raislari va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.