1-kurs talabalaridan yotoqxonaga arizalar qabuli boshlandi

1-kurs talabalaridan yotoqxonaga arizalar qabuli boshlandi
  • 7
  • 19.08.2024 15:08:00
  • 1 daq o'qish

 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi"ga yuklash ishlari yakunlandi. Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona portal orqali ariza yuborishlari mumkin.

Arizani ko‘rib chiqishda “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, reyestrga kiruvchi oilalar va yoshlar, nogironligi bo‘lgan talabalar, “Yil talabasi” tanlovi g‘oliblari va boshqalarga ustuvorlik beriladi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Bunda 1-kurs talabalari uchun yotoqxonalar 55−65%gacha ajratilishi kerak.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News