Xorijda Lavrovning samolyotiga yonilg‘i quyishdan bosh tortishyapti

Xorijda Lavrovning samolyotiga yonilg‘i quyishdan bosh tortishyapti
  • 6
  • 18.11.2024 13:27:00
  • 1 daq o'qish

Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan keyin Rossiyaga ko‘plab sanksiyalar kiritilgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov samolyotiga xorijda yonilg‘i quyishdan bosh tortishayotganidan shikoyat qildi. Bunday qiyinchiliklar, xususan, Janubiy Afrika va Braziliyada yuzaga kelgan. Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yilda u Yoxannesburgdagi BRIKS sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomidan ishtirok etish uchun Janubiy Afrikaga borganida ro‘y bergan. Xuddi shunday holat uning BRIKSning boshqa davlati – Braziliyaga tashrifi chog‘ida ham sodir bo‘lgan. “Yonilg‘i quyishning iloji bo‘lmadi. Albatta, bu odamning g‘ashiga tegadi”, dedi vazir.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News