
- 0
- 23.06.2025 08:04:00
- 1 daq o'qish
Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat tufayli Eronda bo‘lgan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Turkmaniston orqali vatanga qaytarildi. Bu jarayon O‘zbekistonning Tehron va Ashxoboddagi elchixonalari, shuningdek, Turkmaniston rasmiylari hamkorligida amalga oshirildi.
Turkmaniston o‘z hududini tranzit sifatida taqdim etib, evakuatsiya jarayoniga yordam ko‘rsatdi. Tashqi ishlar vazirligi huzurida tezkor shtablar tashkil etilgan bo‘lib, evakuatsiya ishlari davom etmoqda.