Toshkentda 6 gektarga yaqin maydon yonib ketdi

Toshkentda 6 gektarga yaqin maydon yonib ketdi
  • 6
  • 22.07.2023 16:47:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ulug‘bek shaharchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Fanlar akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi institutiga tegishli yashil belbog‘ hududida 6 gektarga yaqin maydon yonib ketgan.

Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, hozirda vazirlik tomonidan tezkor ishchi guruh tuzilib, voqea joyida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Yong‘in sababi, oqibatlari va boshqa tafsilotlar aniqlanmoqda.

O‘rganish natijalariga ko‘ra batafsil axborot berilishi ma’lum qilindi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News