Tojikistonda qariyb 5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Tojikistonda qariyb 5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
  • 4
  • 09.03.2023 08:44:00
  • 1 daq o'qish

Tojikistonda birdaniga ikkita zilzila qayd etildi, ulardan birining magnitudasi 4,8 ga teng bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilmoqda.

9 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:36 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 38,26 gradus shimoliy kenglik; 73,43 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,8. Chuqurlik 100 km. Zilzila episentri Toshkentdan 491 km janubi-sharqda.

Bundan tashqari, 9 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:38 da Tojikistonda yana bir zilzila sodir bo‘lgan. 

Zilzila koordinatalari: 37,79 gradus shimoliy kenglik; 73,07 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,1. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 508 km janubi-sharqda.

Manba: Kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News