Turkiyadagi plyajda 30 ga yaqin portlamay qolgan snaryad topildi

Turkiyadagi plyajda 30 ga yaqin portlamay qolgan snaryad topildi
  • 8
  • 01.08.2023 10:12:00
  • 1 daq o'qish

Turkiya poytaxti Istanbul yaqinidagi plyajda — Qora dengiz sohilida 28 ta portlamay qolgan snaryad topilganidan keyin plyaj yopildi. Bu haqda Turkiyaning A Haber telekanali xabar berdi.

30-iyul kuni Istanbul rasmiylari kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan portlovchi obyektlar haqida xabar olgan, shuning uchun plyajni vaqtincha yopishga qaror qilingan, chunki yomon ob-havo tufayli sohilni sinchiklab tekshirish imkon bo‘lmagan.

31-iyul kuni sohilda 28 ta portlamay qolgan artilleriya snaryadlari topildi, ulardan sakkiztasi quruqlik yuzasiga olib chiqilgan.

Qayd etilishicha, snaryadlar qirg‘oqdan 10 metr uzoqlikda, bir yarim metr chuqurlikda bo‘lgan.

Turkiya Harbiy-dengiz kuchlari bular chindan ham artilleriya snaryadlari ekanini tasdiqladi, biroq kurort hududiga ular qanday kelib qolgani noma’lum.

Topilgan snaryadlarni zararsizlantirish 2-avgustga rejalashtirilgan.

Avval Gruziyaning Batumi shahrida Qora dengiz bo‘yida portlash sodir bo‘lgandi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, qirg‘oqdan 25 metr uzoqlikda dengiz minasi portlagan, qurbonlar va vayronalar yo‘q.

manba: Daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News