
- 7
- 09.09.2023 08:16:00
- 1 daq o'qish
Navoiy viloyati Karmana tumanida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan IIB va bojxona xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Karmana tumani “Oqtosh” YPX maskanida fuqaro A.B.ning Epica rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib ko‘zdan kechirilganda fuqaro A.J. to‘rt xil turdagi xorijda ishlab chiqarilgan 3 460 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini Navoiy shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelayotgani aniqlanib, uning xonadonidan yana 140 quti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
- Namanganda may oyida viloyat hududiga noqonuniy olib kirilgan qariyb 200 million so‘mlik tamaki mahsulotlari yoqib yuborilgandi.
- Shuningdek, Toshkent va Farg‘onada aksiz markasiz tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi to‘xtatib qolingani,
- Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Manba:Daryo.uz