- 13
- 25.01.2023 08:32:00
- 1 daq o'qish
Tata Steel Chess-2023 turnirining 9-turida Masters guruhi peshqadami Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi dona surdi va durang o‘ynadi. 9 turda 6.5 ochko jamg‘argan Nodirbek hamon guruh yetakchisi, ammo raqiblarini yaqinlashtirib oldi.
10-turda uni klassik yo‘nalishda jahonning 2-raqamli shaxmatchisi, xitoylik Ding Liren kutib turibdi.
Challengers tasnifida esa Javohir Sindorov amerikalik Abximanyu Mishrani yutdi. Javohir 6 ochko jamg‘arib, 4-o‘rinda bormoqda.