
- 4
- 22.11.2024 15:18:00
- 1 daq o'qish
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ko‘rsatishga qaror qilganini aytdi.
Abdulla Aripov katta tashkilotchilik salohiyatiga ega bo‘lgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, mas’uliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar ekani ta’kidlandi.
Abdulla Aripov nomzodi deputatlar muhokamasiga taqdim etildi.
Yashirin ovoz berish yo‘li bilan deputatlar Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga ma’qulladi.
Eslatib o‘tamiz, Abdulla Aripov Bosh vazir lavozimini 2016-yil 14-dekabrdan beri egallab kelmoqda.