
- 3
- 02.03.2023 09:50:00
- 1 daq o'qish
Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Germaniyada bo‘lib turibdi.
Joriy yilning 1 mart kuni Berlin shahrida ikki davlat Savdo-sanoat palatalari ishtirokida tashkil etilgan O‘zbekiston–Germaniya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xabariga ko‘ra, unda ikki mamlakat vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, Savdo-sanoat palatalari, xolding kompaniyalari rahbarlari hamda 400 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.Bugun, 2 mart kuni Hamburgda «O‘zbekiston iqtisodiyoti kuni» bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov taqdimot qiladi.
Manba: Kun.uz