
- 5
- 15.07.2025 13:57:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va “Paxtakor” klubi himoyachisi Abdulla Abdullayev yangi jamoaga ko‘chib o‘tdi. 27 yoshli futbolchi BAAning “Dibba-al Fujayra” klubi bilan shartnoma imzoladi. Ushbu jamoada Abdullayev 8-raqam ostida to‘p suradi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchimiz o‘tgan yil yozida “Paxtakor” klubiga o‘tib, joriy mavsumning 14ta uchrashuvida maydonga tushgandi.