
- 6
- 27.05.2024 10:08:00
- 1 daq o'qish
Rossiya Premyer Ligasida SSKAning o‘zbekistonlik futbolchisi Abbosbek Fayzullayev “Mavsum kashfiyoti” sovriniga sazovor bo‘ldi. Abbosbek joriy mavsum mazkur klub tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi hamda yaxshigina o‘sishga erisha oldi. Uning Transfermarkt portalidagi qiymati esa 5 million yevroga ko‘tarildi.