
- 4
- 29.05.2024 08:08:00
- 1 daq o'qish
Transfermarkt portali Rossiya Premyer Ligasining o‘yinlarini tahlil qilib, 23 nafar futbolchini qaydnomaga, ular ichidan 11 nafar futbolchini ramziy tarkibga kiritdi. Quvonarlisi SSKA klubidan faqatgina Abbosbek Fayzullayev ushbu ro‘yxatdan joy oldi va u asosiy tarkibga kiritildi.
Shuningdek, Abbosbek Rossiya Premyer Ligasining 2023/24-yilgi mavsumida eng yaxshi yosh futbolchi deb topildi. 20 yoshli futbolchi 3 kun oldin RPLda “Mavsum kashfiyoti” sovrinini ham qo‘lga kiritgan edi.