Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi! 🔥

Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi! 🔥
  • 4
  • 05.06.2024 08:52:00
  • 1 daq o'qish

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda SSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning narxi 1 million yevroga qimmatladi. Transfermarkt portalida uning hozirgi bahosi 6 mln yevroga baholanmoqda. Ushbu natija bilan futbolchi O‘zbekistonning eng qimmat futbolchi aylandi. “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovning narxi esa 5 million yevroga baholangan va u hozirda o‘zbek futbolchilari ichida ikkinchi o‘rinda qayd etildi. O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Lans” himoyachisi Abduqodir Husanovning narxi ham ko‘tarildi. Futbolchining narxi 2,5 million yevroga yetgan. Bu uning avvalgi narxidan 500 mingga qimmatroq.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News