Qashqadaryodagi saylda gaz ballon portlatgani ortidan talaba yigit qamaldi

Qashqadaryodagi saylda gaz ballon portlatgani ortidan talaba yigit qamaldi
  • 7
  • 15.08.2024 15:33:00
  • 1 daq o'qish

Avvalroq Qashqadaryodagi Navro‘z saylida gaz ballon portlab, 37 kishi jarohatlangani haqida xabar bergandik. Portlash oqibatida 14 kishi kuyib, turli darajada tan jarohati olgani va bir kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Gazballonni odamlar gavjum joyga 22 yoshli talaba yigit ogohlantirilishlarga qaramay baliq pishirib sotish uchun o‘rnatgan va ko‘p o‘tmay gaz ballon portlagan. Oqibatida 7 kishi o‘rtacha og‘ir, 7 kishi og‘ir tan jarohati olgan av bir kishi 80 foiz kuyib vafot etgan.

Talaba yigit tirikchilik uchun ancha yillardan beri baliq pishirib kelishini, ehtiyotsizlik qilganini, qilgan ishidan pushaymonligini aytib, suddan o‘ziga nisbatan qonuniy yengillik berishni so‘ragan. Unga nisbatan 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News