Toshkentda o'quvchi qizga shilqimlik qilgan yigit qamaldi

Toshkentda o'quvchi qizga shilqimlik qilgan yigit qamaldi
  • 8
  • 14.02.2025 11:17:00
  • 1 daq o'qish

1999-yilda tug‘ilgan erkak 12-fevral soat 16:00 atrofida Yangihayot tumanida o‘z avtomashinasi bilan voyaga yetmagan qizga nisbatan shilqimlik qilgan. U voyaga yetmagan qizni o‘z mashinasiga chaqirib, unga uyatli harakatlar qilgan.

Sudda sudlanuvchi erkak aybiga iqror bo‘lgan va boshqa bunday huquqbuzarlik sodir qilmasligini bildirgan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi MJtKning 41-1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News