Chinozda opasini o‘ldirib, murdasini 7 kun saqlagan yigit 8 yilga qamaldi

Chinozda opasini o‘ldirib, murdasini 7 kun saqlagan yigit 8 yilga qamaldi
  • 0
  • 12.07.2025 16:41:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent viloyati Chinoz tumanida 26 yoshli yigit 30 yoshli opasi bilan janjallashib, uni pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi. Holat 2024-yil 14-fevral kuni sodir bo‘lgan. Marhuma ayol 2 farzandi bilan ajrashib, qizlik uyida onasi va ukasi bilan yashagan. Shuningdek, u uyda doimiy janjallar qilib kelgan. Ukaning so‘zlariga ko‘ra, janjal kredit sabab kelib chiqqan va u opasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ygan. Keyin esa murdani gilamga o‘rab, uyining balkonida 7 kun davomida saqlagan. Yigit do‘stlariga bu haqda aytgan, ular hazil deb o‘ylab uyiga kelishgan va voqeaning rostligini ko‘rib, huquq-tartibot organlariga xabar berishgan.

Holat yuzasidan sud ishi yakunlanib, onaning da’vosi yo‘qlig va marhumaning doimiy janjallar qilib kelgani inobatga olingan holda yigitga 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Manba:“Millar” dasturi

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News