Telefondan boshini ko‘tarmagan yigitning boshi ko‘tarilmay qoldi

Telefondan boshini ko‘tarmagan yigitning boshi ko‘tarilmay qoldi
  • 0
  • 24.05.2025 18:28:00
  • 1 daq o'qish

“ScienceDirect” xabariga ko‘ra, yaponiyalik 25 yoshli yigit telefonga uzoq vaqt egilib qaragani tufayli boshini ko‘tara olmaydigan holatga tushib qoldi. Uning bo‘yin mushaklari boshni tepaga ko‘tarish qobilyatini yo‘qotgan. Oqibatda, u kuchli bo‘yin og‘rig‘i va ovqat yutishda qiyinchiliklarni boshdan kechirgan. Bu esa tez vazn yo‘qotishga sabab bo‘lgan.
Shifokorlar unga “boshning tushib qolishi sindromi” tashxisini qo‘ygan. 
Mutaxassislar “Telefon va planshetlardan uzoq vaqt foydalanish salomatlikka jiddiy zarar yetkazadi. Dastavval bo‘yin og‘rishi, keyin esa ruhiy muammolarga ham sabab bo‘lishi mumkin”, — deya ogohlantirmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News