Turkiyada o‘zbekistonlik yigit do‘stini otib o‘ldirdi

Turkiyada o‘zbekistonlik yigit do‘stini otib o‘ldirdi
  • 3
  • 13.04.2024 11:43:00
  • 1 daq o'qish

9-aprel kuni Istanbul viloyati Fotih tumanida vaqtinchalik ishlash uchun kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari Instagram tarmog‘iga to‘pponcha bilan video olib, joylamoqchi bo‘lgan va videoni tasvirga olish chog‘ida 22 yoshli yigit xonadoshi va o‘rtog‘i tomonidan otib qo‘yilgan. Boshidan o‘q yegan yigit hodisa joyda vafot etgan.


Ikki o‘rtoq arafa kuni birgalikda iftor qilib, gaplashib o‘tirishgan. So‘ng S.G. to‘pponcha bilan video olmoqchi bo‘lgan. U.R. to‘pponchani o‘qsiz deb o‘ylab, bilmasdan S.G.ni otib qo‘ygan.

Halok bo‘lgan yigitning jasadini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News