O‘zbekistonlik yigit Qirg‘izistonda prezident maʼmuriyatining yangi binosi tepasidan tushib ketdi

O‘zbekistonlik yigit Qirg‘izistonda prezident maʼmuriyatining yangi binosi tepasidan tushib ketdi
  • 5
  • 08.08.2023 12:59:00
  • 1 daq o'qish

Qirg‘iziston prezidenti maʼmuriyati uchun qurilayotgan va xalq orasida “Xonsaroy” deb atalayotgan yangi binosi qurilishida ishlab kelgan O‘zbekiston fuqarosi – 30 yoshli А.А. bino tepasidan qulab tushdi.

Kaktus.medianing Bishkekdagi Tez tibbiy yordam ko‘rsatish markazi direktori o‘rinbosari Yegor Borisovga tayanib xabar berishicha, ishchi Bishkek shahridagi 4-sonli kasalxonasining jonlantirish boʼlimiga yotqizilgan. Unga bosh miya chanog‘i jarohatlanishi tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: xabar.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News