Xaker yigit taniqli boylarni katta pulga chuv tushirdi

Xaker yigit taniqli boylarni katta pulga chuv tushirdi
  • 7
  • 22.07.2024 14:50:00
  • 1 daq o'qish

Samarqandda 20 yoshli yigit Telegramʼda taniqli boylarning nomiga sahifa ochib, ularning nomidan xodimlariga pul so‘rab yozib yuborgan va hech narsadan shubhalanmagan xodimlar yigit so‘ragan pullarni undagi bank kartasiga tashlab beravergan. Shu tariqa xaker yigit bir tadbirkordan jami 36 mln, boshqasidan jami 43 mln so‘m undirgan.

Aniqlanishicha, yigit oldin ham xakerlik yo‘li bilan pul o‘zlashtirib, ikki marta sudlangan. Sud hukmi bilan unga 1 yil 7 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News