- 6
- 11.07.2023 13:35:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil yo‘li chetida ketayotgan bolakayga itlar hujum qilgani tasvirlangan video tarqaldi. Hokimlikning ma’lum qilinishicha, holat 8-iyul kuni Samarqand shahridagi “Yoshlar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan avtoturargoh (garaj) oldida sodir bo‘lib, itlar ham “avtogaraj”ga tegishli bo‘lgan. Itlar hujum vaqtida bolaning oyoq qismiga tashlangan.
Ushbu itlar tezda Obodonlashtirish boshqarmasining Nazoratsiz hayvonlarni ovlash guruhi tomonidan tutilib, Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga topshirilgan. Bolaning salomatligi esa to‘liq nazoratga olingani haqida maʼlumot berishdi.