Qornida doka va rezina qo‘lqop qolib ketgan ayol 

Qornida doka va rezina qo‘lqop qolib ketgan ayol 
  • 11
  • 09.08.2024 15:52:00
  • 1 daq o'qish

Namangan viloyatining Chortoq tuman tibbiyot birlashmasida ikki oy ilgari jarrohlik yo‘li bilan ona bo‘lgan ayol qornidan dastlab tibbiy doka, keyinchalik rezina qo‘lqoplar chiqdi. Shu sabab 33 yoshli ayolning sog‘lig‘i xavf ostida qolmoqda. Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi esa yuqoridagi holatni inkor etib, bu xabar asossiz degan ma’lumot bergan.

Tibbiyot birlashmasi taqdim qilgan hujjatda yozilishicha, joriy yil yanvar-avgust oylarida tumanda 579 nafar ayol jarrohlik yo‘li bilan ona bo‘lgan va birortasida asorat kuzatilmagan. Biroq xatda bola o‘limi bilan bog‘liq holat tilga olinmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News