
- 0
- 08.08.2025 15:47:00
- 1 daq o'qish
Marg‘ilonda ko‘p qavatli uy hovlisida kichkina bolani bosib ketgan 55 yoshli ayolni sud aybdor deb topib, unga nisbatan uydan chiqishni to‘liq taqiqlash va shu muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish bilan ikki yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, ayoldan 2,3 million so‘m moddiy zarar va 25 million so‘m ma’naviy zarar tovon puli undirildi.
Eslatib o‘tamiz, YTH 2025-yil 10-may kuni sodir bo‘lgan. Ko‘p qavatli uylar orasida sekin harakatlanayotgan Gentra mashinasi yo‘lda o‘tirgan bolani payqamay, haydashda davom etib, bosib ketgan edi.