
- 3
- 05.12.2024 11:17:00
- 1 daq o'qish
Joriy yil boshida Rossiyada o‘z farzandini o‘ldirib, tomorqasiga ko‘mib yuborgan o‘zbekistonlik er-xotin haqida xabar bergan edik. Rossiya Tergov qoʻmitasining Novosibirsk viloyati boʻyicha boshqarmasi matbuot xizmati sud bir yarim yoshli qizini qiynoqqa solib, uning oʻlimiga sabab boʻlgan oʻzbekistonlik ayolga nisbatan hukm chiqarganini ma’lum qildi. Ayol Andijon viloyatida tugʻilgan 28 yoshli ayol boʻlib, u turmush oʻrtogʻi bilan 2016-yildan beri Novosibirskda yashagan. U 2021-yilning iyunidan avgustigacha boʻlgan davrda bir yarim yoshli qizini kaltaklab, muntazam ravishda jismoniy va maʼnaviy azob berib kelgan. 2021-yil avgust oyida qizcha vafot etgan, ayol esa tibbiyot muassasalariga murojaat qilmasdan, qizini tomorqaga oʻzi koʻmgan.
Ayol qiynoqda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi va jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.